У вас вопросы?
У нас ответы:) SamZan.net

I. Uloqtirish texniksi soslri

Работа добавлена на сайт samzan.net:

Поможем написать учебную работу

Если у вас возникли сложности с курсовой, контрольной, дипломной, рефератом, отчетом по практике, научно-исследовательской и любой другой работой - мы готовы помочь.

Предоплата всего

от 25%

Подписываем

договор

Выберите тип работы:

Скидка 25% при заказе до 28.12.2024

ww.arxiv.uz

Yengil atletika turlari texnikasining asoslari

R e j a:

  1.  Yurish texnikasi asoslari.
  2.  Uloqtirish texnikasi asoslari.
  3.  Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish
  4.  Snaryadning uchib chiqishi va uchishi


Yengil  atletikaning kupchilik turlari  (yugurish, o`zunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar shunchalik  tabiiyki,  ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar  ham  qiynalmay bajara  oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida  bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha  oladi.Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga  erishishga  imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning eng ratsional va  eng samarali usullari tushuniladi.

Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda  bajarilmasin, u har  doim sportchining ongiga , uning irodaviy  va jismoniy  fazilatlariga  ma`lum malakalarga  , organ va sistemalarining funksional  tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum  sharoitidagi  harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik  mashqning o`z shakli va mazmuni bor.

Mashq shakli-  harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim   zvenolar tezligining,sur`atining, ritmining  va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro  etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik  to`zilishidir.

Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bulishi kerak.

Harakat  yoki ishni  erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan  bulishi juda muxim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak

Sportchining  nafas olishi – sport texnikasining uzviy  qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi , nafas olish va chiqarish  fazalarining  davom etish vaqti va pauzalar harakat  yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga  qanchalik zur  kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir.

Sport mashqlari  texnikasini ma`lum  sharoitlarda  yaxlit   ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham  yengil atletikachi harakatlarni  boshqarish to`g`risidagina  emas, balki konkret sharoitda uning  hamma psixik  va jismoniy faoliyatini boshqarish xakida ham gapirsa buladi.

Sport texnikasini  o`rgatish va uni analiz  qilishni   yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bulish mumkin.

YURISH TEXNIKASI ASOSLARI.

Yurish va yugurish – inson bir joydan ikkinchi joyga  kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadam (odim)dir. Qadam  vositasida  odam  oyoq muskullaridan foydalanib, erdan depsinib  siljiydi. Yurish va yugurish  vaqtidagi  qadamlar va  ularga bo`gliq bo`lgan qo`l va gavda  harakatlari  tuxtovsiz  bir tartibda kup marta  takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi  harakatlar siklik  harakat deyiladi. Kush qadam  (ung oyoqda  bir qadam  va chap oyoqda bir qadam)  bir siklni tashkil etadi.

Yurib ketayotgan odam harakat  bir sikli  davomida  erga bir  oyog`iga tayangan payti  (yakka tayanch) ham,  yoki ikala oyogida tayangan payti (kush tayanch) ham buladi.

Qush qadam davomida  har qaysi oyoq bir gal tana  uchun tayanch  (tayanch oyoq) bulib  xizmat qilsa , bir gall  silkinib oldinga  o`tadi (silkinch oyoq). Tayanch  paytida  oyoq tana  og`irligini  ko`tarib  turadi, uni tutib  turadi va  olga tomon turtib yuboradi. Yugurganda  va  yuguruganda  oyoq va qo`l bir-biri  bilan kesishib o`tadigan yo`nalishda  harakat qiladi. Elka kamari bilan tos  bir-biriga  intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq olga  turtishi (depsinish) oxirida  tosning oldingi og`ishi  sal ko`payadi.

ULOQTIRISH TEXNIKASI ASOSLARI.

Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini  chegaralovchi  ma`lum  qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar u`zoq  masofaga tashlashdir.

Uloqtirish – gayrisiklik  mashq  bulib, uloqtiruvchidan  katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas.

Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi  uloqtirish texnikasini bilishiga  anchagina bog`liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy  qonunlariga  buysunadi.  Sport snaryadlarining konsruksiya  xususiyatlariga  va musoboqa  qoidasiga qarab,  uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi.

Har qanday jismining  uchishi  masofaning uzoqligi uning  boshlang`ich uchish tezligiga, uchib  chiqish burchagiga va xavo  muxitining  qarshiliga bo`gliq.

Mexanikadan  ma`lumki , xavosiz bushlikda gorizontga nisbatan burchak xosil qilib tashlangan jismning  uchish  uzoqligi boshlang`ich tezligi  miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga  kupaytirib, buni og`irlik  kuchining   tezlanish  miqdoriga  bulinganiga teng, ya`ni :

Bunda: v – jismning boshlangqich tezligi

           a  - uchib chiqish buchagi:

           g – og`irlik kuchining tezlanishi:

Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo xavo qarshiliginig  snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi  bir-biridan qanchalik past baland ekanligini  va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak.

Snaryadni  tutish. Snaryadni qo`l tushish va uni uloqtirish paytida  olib yurish snaryadni to`zilishi va uloqtirish texnikasiga bog`liq. Snaryadni tutish uloqtirishning barcha  harakatlarini yaxshi bajarishga kuch va qo`l  barmoqlari uzunligidan  uloqtirish paytigacha, uloqtiruvchi qo`l muskullari   sal bushashgan   bulishidan  tuliq foydalanishga  va uloqtirish vaqtida  harakatlarni yaxshi ko`zatishga yordam beradi. Snaryadni tutish usullari  ularni tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga  uloqtiruvchilarning xususiyatlariga bo`gliq.

Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish. Aylanib  uloqtirishning barcha turlarida yadro itqitishda  yugurib kelishga  dastlabki  harakatlar bajariladigan, bundan asosiy maqsad va butun e`tiborni  uloqtirishga ,  yugurib kelishni to`g`ri boshlash uchun zarur bulgan xolatda  tura bilishga jalb  qilib, keyingi harakatlarni bajarilishi yengillashtirishdir.

Bosqon  uloqtirishda bu harakatlar aylanma  harakatlar boshlanguncha  bosqon shariga katta tezlik berishiga xizmat  qiladi. Yugurib kelish  aylanma shaklda bajarilgan. Uloqtiruvchi snaryadning to`g`ri chiziqli  tezligini oshiradi.

Yugurib kelishni  aniq bajarganda  snaryad buyilan harakat qilayotgan  uloqtiruvchining  tezligi  uloqtirishning  boshlang`ich fazasiga tobora  usib borishi kerak  Yugurib kelish xaddan tashqari tez bulganda  harakatni  nazorat qilish  va ohirgi kuch berishni to`g`ri bajarish mumkin. Bulmay qolishi  to`g`ri yugurib kelib uloqtirganda ham snaryadning uzoqqa  borishiga salbiy ta`sir  ko`rsatadi. Faqat yugurib kelish yoki ohirgi kuch berish hisobiga  snaryadni  maksimal  uzoqqa uloqtirib  bulmaydi.

Ohirgi  kuch berishga  tayyorlanish ohirgi kuch beri tuxtatish fazasi. Ohirgi kuch  berishga  tayyorlanish turli xil  uloqtirishda   turli xil buladi, ammo barcha xollarda uloqtirish  oxirida snaryad harakati  tezligini oshirish katta axamiyatga eg`a.

Shu bilan birga, ohirgi kuch  berishni bajarmoq uchun  uloqtiruvchi shunday xolatda  turishi  kerakki, u xolat ohirgi fazani snaryad eng katta  tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin.

Uloqtirishning  kupchilik turlaridan uloqtiruvchining snaryadni Ayni qo`ldan chiqarishgacha bulgan oraliq xolatlarning umumiy  jixatlari  kup. Bu oraliq  xolatlar uchun uloqtirayotganda gavda , oyoq mushaklaridan to`liq  foydalanish maqsadida  umumiy o.m bir  qancha  pastga tushishish harakterlidir.U.o.m.   ohirgi kuch berish oldidan oyoq-larni ma`lum  kenglikda  va bo`kib  qo`yilishi hisobiga pasayadi.

Ohirgi kuch  berishga  tayyorlanish jarayonida  va snaryadni  qo`ldan  chiqarish  paytida  uloqtiruvchi gavdasining ayrim  qismlari  siljish tezligining   o`zgarish harakteri  umumiydir.Buni  sxematik  tasavvur etsa ham buladi.

  1.  Uloqtiruvchining  snaryad bilan birga  dastlabki  tezligi  (yugurib kelishga  tayyorlanish va yugurib kelish).
  2.  Tezlikning  umumiy  oshirilishi  (tezlanib yugurib kelish).
  3.  Uloqtiruvchi gavdasining  yuqori  qismiga  va snaryadga  nisbatan gavdaning pastki  qismlari tezligi oshirish (ohirgi kuch berishga  tayyorlanish).
  4.  Gavdaning  pastki qismlari  siljishini  sekinlatib  gavdaning yuqori qismlari  bilan snaryadlar harakatini  tezlatish (uloqtrish xolatiga o`tish va oyoqlarni keskin  to`g`rilab  uloqtirish).
  5.  Olg`a intiluvchi  va aylanma  harakatlarning  tuliq tuxtalishi.

   Uloqtirishga  tayyorlanish  bilan uloqtirishning  o`zi o`zaro bo`gliq bulib, uni uloqtiruvchining  bir xolatdan ikkinchi xolatga oddiygina utishi deb  bulmaydi. Bunda oyoqlar gavda,  uloqtiruvchi va bush qo`l qanday  xolatda  ekanining  barcha  detallari  bir-biriga aloqador bulib, buning muxim  ahamiyati bor.

Barcha   uloqtirish turlarida (bosqon  uloqtirishdan tashqari, chunki bunda  chap oyoq har doim erda  turishi kerak) ohirgi kuch  berish  chap oyoqni erga kuyguncha qadar boshlanadi.  Chap oyoqni yerga qo`ygunga qadar ohirgi kuch berish  uloqtiruvchi gavdasini siljish tezligini saqlab boradigan sezilar-sezilmas harakatlardan iborat buladi.

Uloqtirishda  sporcht  oyoqlarning  qanchalik tez va kuchli to`g`rilanishi hamda buni  gavda va qo`l harakatlari  bilan moslay bilish katta ahamiyatga ega. Uloqtirish vaqtida, avval yirik  muskul  guruxlari , keyin esa  tez  qisqarish qobiliyatiga eg`a bulgan kichik muskul guruxlarida   ishga  tushsagina gavdani  eng tez  to`g`rilash mumkin. Bu harakat  uloqtiruvchi  gavdasining  uloqtirish tomoniga yo`nalgan  va asosan oyoqlarni to`g`rilash  bilan kuchaya boradigan olg`a  intiluvchi  va aylanma   harakatlarga mos  bulishi kerak. Shuning uchun barcha uloqtirish turlarida  ohirgi kuch  berish to`g`ri  bajarilganda  oyoqlar va uloqtiruvchi  qo`lning to`g`rilanishi   tugashi bilan  bir paytda uloqtirish ham tug`aydi.

Ohirgi kuch berishda  qarayib  hamma vaqt  olga tomon yuqorilab  yunalgan eng tez  harakat bilan bir  paytda  kukrak  ham uloqtirishning tomoniga  buriladi. Uloqtirishning  to`g`ri va usuliga qarab  elka kamari  bilan tos harakatidagi  munosabatda  ba`zi  bir farqlar buladi.

Yakunlovchi kuch  berishni  erga tayanib  turganda  bajarish foydalidir.Sakrab  oyoqlarni faol  almashtirib bir qo`llab  uloqtirishda  tayanchsiz  xolda  ham snaryadga unchalik  katta  bulmagan yakunlovchi kuch ta`sir  ettirish (masalan panjani yozish  bilan snaryadga ta`sir etish ) mumkin.

Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida  uloqtirish ijro etilayotgan  maydoncha  chegarasidan chiqib ketmay  muvozonat saqlab qolish  zarurati  ham xisobga olinadi.

Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musoboqa qoidalariga  belgilangan shartlarga qarab,  uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlanadi. Bir qo`llab  katta  tezlikda  uloqtirishda  (har bir uloqtiruvchi  shunga intilish   kerak)  sakrab oyoqlarni aktiv  almashtirish qo`llaniladi.  Bu snaryad uchib  chiqqandan keyin gavda  harakati keskin tuxtatib qolishga  imkon beradi.

Agar uloqtiruvchi yakunlovchi kuch berish paytida  katta tezlik xosil  qila olmasa va oyoqlari bilan  faol depsina olmasa, sakrab oyoqlarni almashtirishni bir-biriga mos keltirib bulmaydi.

Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib  chiqish  nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga  nisbatan qaysi  joyda  bulishi turli   xil uloqtirishda  turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori  kutarilgan  nuqasiga to`g`ri kelishi  bilan birga, yadro  itqitishga qo`lning tula  to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib  uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni  elka  buginiga yakin balandlikdan , ya`ni qo`l  (yoki qo`llar) gorizontal holatga  yaqinlashayotganda  chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki  kuch chiqarib  yuborish, uning uchish  yo`nalishini  o`zgartiradi va odatda  snaryad borib tushadigan  masofani kamaytiradi.

Ohirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini  ta`minlashi kerak.  Buning uchun uloqtiruvchidagi  kuchlar  teng ta`sir etuvchisining  yo`nalishi  snaryadning uchib ketish  burchagiga mos kelishi mumkin.

Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish  nuqtasidan 170-200 sm va undan ham  ziyotroq va undan yuqori buladi.


Foydalangan adabiyotlar:

  1.  Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy qo`lturi i sporta : Per. Svenger. M.: Raduga, 1982..
  2.  Olivova V. Lyudi i igri. U istokov sovremennogo sporta. - M.: FiS, 1985.
  3.  Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy qo`lturi i sporta. - M.: FiS, 1975.
  4.  L. Kun «Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulturi i sporta»; Moskva 1987.
  5.  Krushilo Yu.S.   «Xrestomatiya po istori drevnego mira»  Moskva 1980g.




1. Тема 7. Трудовой договор Подтема 1
2. ТЕМА 9 ПРАВОВАЯ ОХРАНА ОКРУЖАЮЩЕЙ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ ЭНЕРГЕТИКЕ И НА ТРАНСПОРТЕ
3. на тему- Основные тенденции развития Российской империи в начале ХХ века
4. медико социальной помощи ребенку Фамилия имя отчество Б
5. тема видовременных форм латинского языка
6. Развитие трансакционного сектора становится предпосылкой и условием эффективного функционирования и разв
7. Сравнительный анализ личностной зрелости детей из интерната и из семьи
8. варианте или необходим другой для правильного словоупотребления
9. Канал ОРИС Сириус Плеяды Земля
10. Но противоположность истине обладает сотней тысяч обличий и не имеет пределов
11. Развитие гражданского права в древности Право собственности
12. 20 000 000 руб; начислены налоги на заработную плату по существующим на данный момент ставкам ; израсход
13. тематика 1 Каб 31 91
14. Все счастливые семьи похожи друг на друга каждая несчастна посвоему
15. Тема Государство как субъект права курс 2 Фамилия студента Трегубо.html
16. тема налогов и сборов в Российской Федерации [2] Раздел II
17. тематика Проскурнина каб
18. Модуль IV Политические институты Программа модуля Государство в политической системе общества.
19. Эконометрика для студентов III курса обучающихся по направлению 521600 Бакалавр экономики Классификац.html
20.  Поступательное ~ движение при котором любая прямая жестко связанная с движущимся телом остается паралле